Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manba Neymarning «El-klasiko»ni o‘tkazib yuborishi aniq ekanini aytmoqda
«Barselona» hujumchisi Neymar «Real»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, Ispaniya futbol federatsiyasi hakamlik qo‘mitasi Neymarni 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilishga qaror qilgan. Bunda qizil kartochka uchun standart bitta o‘yin, va Neymarning o‘yindan chiqib ketish jarayonida hakamlarni kinoyali olqishlagani uchun yana ikki uchrashuvga chetlatilishi ko‘zda tutilgan.
Natijada, braziliyalik futbolchi «Real Sosedad», «Real» va «Osasuna»ga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishi kerak bo‘ladi.
Bu haqda rasmiy xabar ertaga beriladi. «Barselona» bu qaror yuzasidan apellyatsiya berishi kutilmoqda, ammo oxir-oqibatda bu shikoyat qondirilmaydi – chunki qoidalarga ko‘ra, bunday jazolar hech bir sabab bilan bekor qilinmaydi.
Mavzuga oid
12:34 / 04.02.2026
«Arsenal» finalga chiqdi, «Albasete» «Barsa»ga ham muammo tug‘dirdi. Kun o‘yinlari
12:17 / 01.02.2026
Shomurodovda yana gol, London derbisida mojaro, Salohda rekord. Kun o‘yinlari
14:12 / 28.01.2026
YeChLda so‘nggi tur: kimga qanday natija kerak?
17:16 / 22.01.2026