Jahon | 08:20 / 11.04.2017
6006
1 daqiqa o‘qiladi

Merkel va Mey Suriyaga berilgan zarbani qo‘llab-quvvatlashdi

Germaniya kansleri Angela Merkel va Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqotda AQSh tomondan Suriyaning Shayrat aviabazasiga berilgan raketa zarbasini qo‘llab-quvvatlashdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.   

"Bosh vazir va kansler AQShning harakatlarini qo‘llab-quvvatlashdi va Suriya prezidenti Bashar Asadni javobgarlikka tortishning muhimligini ta'kidlab o‘tishdi", deyildi xabarda.   

Ta'kidlanishicha, Tramp, Mey va Merkel Suriya masalasi bo‘yicha aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Avvalroq Pentagon rahbari Jyeyms Mettis AQShning Suriyadagi aviabazaga bergan raketa zarbasi Suriyaning 20 foiz samolyotlariga shikast yetkazganini ma'lum qilgandi.  

Mavzuga oid