Jahon | 15:03 / 11.04.2017
45242
2 daqiqa o‘qiladi

Stokholmda Rahmat Oqilov rasman hibsga olindi

Foto: Aftonbladet

39 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Rahmat Oqilov Stokholmdagi teraktni aynan u sodir etganini tan oldi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.

Sud uni hibsga olishga qaror chiqargan.

«Uning pozitsiyasi shunday: u terrorchilik aktini amalga oshirishda o‘z aybini tan oldi va qamoq jazosiga mahrum etilishiga tayyor», - deya ma'lum qildi uning himoyachisi. Oqilov o‘zining hibsda qolishini so‘ragan.

Shvetsiya politsiyasi Oqilov kuzatuvda bo‘lganini tasdiqladi. 2014 yilda Oqilov Shvetsiyada yashashga ruxsat olishni so‘ragan. O‘tgan yilning dekabr oyida unga rad javobi berilgan va qirollik hududini to‘rt hafta davomida tark etish talab qilingan. Oqilov yashiringan va majburiy deportatsiya qilish uchun qidiruvga e'lon qilingan.

7 aprel kunduzi yuk mashinasi haydovchisi Drottninggatan ko‘chasida odamlarni bosib ketgan. U 550 metr yurib o‘tib, Ahlens savdo markazi binosiga urilgan. Hujum oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi: ikki nafar Shvetsiya fuqarosi, bir britaniyalik va belgiyalik. 15 kishi jarohat oldi. 

Stokholmdagi terakt bo‘yicha yana bir gumonlanuvchi hibsga olingan bo‘lib, hozircha uning ismi oshkor etilmayapti.
 

 

Mavzuga oid