Jahon | 17:02 / 11.04.2017
33233
1 daqiqa o‘qiladi

Tillerson Rossiyaga ultimatum qo‘ydi

AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson ma'lum qildiki, Rossiya AQSh bilan munosabatlarni saqlab qolishni yoki Suriya prezidenti Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishi kerak. Bu haqda Associated Press xabar tarqatgan.

«Biz suriyaliklarning azobi yengillashishini istaymiz. Rossiya bu ishda muhim ishni bajarishi mumkin. Yoki Rossiya bu tuzumni qo‘llab-quvvatlashda davom etishi ham mumkin va biz hisoblaymizki, bu istiqbolda ham Rossiyaning manfaatlariga mosligicha qolmaydi», — degan AQSh Davlat kotibi.

Tillerson shuningdek Suriyaning kelajagi Asadsiz bo‘lishiga umid qilishini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtondagilar Suriyadagi vaziyat bo‘yicha o‘z prognozlarini bermaydi, ammo G‘arb Damashqda hukumat o‘zgarishiga ishonadi.

«Oydinlashmoqdaki, Asad boshqaruvi yakuniga yetmoqda», — degan u.

Mavzuga oid