Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonov soliqlarni qayerda to‘layotganini aytdi
Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Rossiya soliq rezidenti ekani hamda o‘tgan yil uchun 400 million dollardan ortiq soliq to‘laganini ma'lum qildi.
O‘tgan yilning dekabrida Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti lavozimidan ketganidan so‘ng, Rossiya soliq rezidenti maqomiga qaytish niyatida ekanini ma'lum qilgandi.
U Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti sifatida ko‘p vaqtini xorijda o‘tkazishga majbur ekani haqida ham aytgandi.
"Shunga qaramay men Rossiya soliq rezidentiman, barcha shaxsiy soliqlarni shu yerda to‘layman. Shu bilan birga, bu soliqlar to‘langan mablag‘larning katta qismini Rossiyada ishlab topmaganman: bu asosan Rossiya tashqarisidagi qimmatli qog‘ozlar bozoridagi amaliyotlardan olingan daromad", - deya aytib o‘tdi Usmonov "Vedomosti" gazetasiga bergan intervyusida.
"Shu bilan birga, men jismoniy shaxs sifatida Rossiyada 400 million dollardan ortiq soliq to‘ladim", - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Alisher Usmonov 2008 yildan beri Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti hisoblanadi. O‘tgan yilning noyabrida uning vakolatlari yana 4 yilga uzaytirildi.
Mavzuga oid
16:30 / 05.09.2025
Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari o‘zgardi
22:17 / 03.09.2025
Yevropa Ittifoqi sudi Alisher Usmonovdan sanksiyalarni olib tashlamadi
20:26 / 01.04.2025
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan
16:46 / 14.03.2025