08:44 / 12.04.2017
9953

Dortmunddagi portlashlar "Borussiya" klubiga qaratilgani aytildi

Dortmundda 11 aprelda sodir etilgan portlashlar "Borussiya" futbol klubiga qaratilgan bo‘lgan. Bu haqda nemis politsiyasiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda

"Biz bu hujum "Borussiya" jamoasiga qaratilgan bo‘lishi mumkinligini tasdiqlaymiz", deb aytdi Dortmund politsiyasi boshlig‘i Gregor Lange. Uning aytishicha, politsiya tergovda istalgan burilishlar yuz berishi mumkinligini istisno qilmayapti. 

"Borussiya" avtobusi oldida sodir etilgan portlash oqibatida futbolchi Makr Bartra qo‘lidan jarohat oldi.

Germaniya politsiyasi portlashlar terakt bo‘lganini tasdiqlamayapti hamda xavfsizlik yuqori darajada ekanligini aytgan. 

"Terrorchilik hujumi xavfi bugungi kunda yangilik hisoblanmaydi. Biz bunday hujumlarga uzoq vaqt tayyorlanganmiz. Men bu terakt bo‘lgan, deb taxmin qilmoqchi emasman. Barchasi tergov qilinadi. Biz ehtiyotkorlik bilan harakat qilishni istaymiz. Tergov professional darajada olib borilmoqda", deb aytgan Lange.

Top