Forbes: Dunyodagi eng kuchli ta'sirga ega shaxslar
Har yili dunyoning ikki taniqli nashrlari — Time va Forbes — dunyoning eng nufuzli shaxslari ro‘yxatini chiqaradi. Mazkur baho olimlar to‘plagan tahlillar va ma'lumotlar asosida taqdim etiladi. 2017 yilning yetakchilariga e'tibor qiling. Qarshingizda, insoniyat taqdirini o‘zgartirishga qodir bo‘lgan kuchli shaxslar reytingi.
Bill Geyts
Microsoft asoschisi
7-o‘rin
Dunyoning eng badavlat shaxslaridan biri xayriya ishlariga juda katta mablag‘ ajratadi. Bill va Melinda Geyts 15 yil avval jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni bartaraf qilish bo‘yicha xayriya jamg‘armasini ochadi. Unga bugungi kunda 30 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratilgan. O‘tgan yilning aprel oyida Geyts ochlikka qarshi kurashish uchun qariyb 776 million dollar sarfladi.
Janet Yyellen
AQSh federal zaxira tizimi rahbari
6-o‘rin
Janet Yyellen ayol kishi ham dunyoviy moliya bozorini boshqara olishini isbotlay oldi. Federal zaxira tizimida aynan uning rahbarligi AQSh iqtisodini inqirozdan olib chiqishga yordam berdi.
Rim Papasi Frantsisk
5-o‘rin
Qariyb bir yarim milliardga yaqin katoliklar «Allohning Yerdagi soyasi»ning izidan borishga tayyordir. Frantsisk I ham o‘z navbatida 79 yoshida hukumatni oqilona boshqaradi. Uning davrida Katolik cherkovining radikal konservativ ko‘rinishi zamonaviy jamiyatga moslashdi: u jahon siyosatidan xabardor va ko‘p vaqtini kam ta'minlanganlarga bag‘ishlaydi — shuning bilan, so‘zsiz, u barchaga yorqin misol bo‘layapti.
Si Tszinpin
XXR prezidenti
4-o‘rin
Xitoy rahbari kattaligi jihatdan dunyoda ikkinchi o‘rinda turgan iqtisodiyotni boshqaradi va u o‘z majburiyatlari yukini his eta oladi. Aynan Si Tszinpin davrida Xitoy G‘arb va Sharqning eng yirik davlatlari bilan juda yaxshi munosabatlarni yo‘lga qo‘ymoqda.
Angela Merkel
Germaniya kansler
3-o‘rin
Mana uch yildirki, Angela Merkel dunyoning eng obro‘li ayoli bo‘lib qolmoqda. Temir ayol boshqaruvi ostida Germaniya iqtisodi global inqirozga qarshi chiqa oldi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqining yaxlitligida ham aynan shu ayolning xizmatlari katta.
Donald Tramp
AQSh prezidenti
2-o‘rin
AQShning 45-prezidenti - Donald Tramp bo‘lib, ayni damda u dunyoning eng nufuzli shaxslaridan biridir. Qisqa vaqt ichida u Kongressning ikki palatasini ham e'tiborini qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Uning Make America Great Again degan baland ovoz shiori esa davrning chinakam iborasiga aylandi.
Vladimir Putin
Rossiya prezidenti
1-o‘rin
Forbes jurnali to‘rtinchi marotaba ham Rossiya prezidenti Vladimir Putinni dunyoning eng obro‘li kishisi deya e'tirof etmoqda. Taniqli nashrning qayd etishicha, rossiyalik yetakchi bosqichma-bosqich o‘z maqsadlariga har qanday sharoit va istalgan hududda erishib bormoqda.
Mavzuga oid
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
07:50 / 24.12.2024
Anapa aholisi mazut to‘kilishi sababli Putinga murojaat bilan chiqdi
17:38 / 23.12.2024
O‘zbekiston jinoiy daromadlarni legallashtirish reytingida 81-o‘rinni egalladi
14:14 / 23.12.2024