Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Chilonzor tumanidagi sanoat korxonalari, ijtimoiy obektlarga tashrif buyurdi
Foto: O‘zA
Prezident Shavkat Mirziyoyev 12 aprel kuni poytaxtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar ijrosi, maktablar faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Davlat rahbari Chilonzor tumanidagi “Rele va avtomatika” aksiyadorlik jamiyatiga tashrif buyurdi.
Aktsiyadorlik jamiyatining umumiy yer maydoni 3,91 gektar, ishlab chiqarish maydoni 2,26 gektar. Bu yerda yuzga yaqin turdagi metall va plastmassa buyumlar, past kuchlanishli qurilmalar tayyorlanmoqda, shu yo‘nalishda xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Hududda ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yaxshi imkoniyat, zarur infratuzilma mavjud.
Jamiyatning bo‘sh turgan binolari negizida texnopark tashkil etilib, 2017-2018 yillarda 10 investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyihalar natijasida bu yerda kassa va terminal uchun qog‘ozlar, trikotaj mahsulotlari, gidravlika moylari, plastik truba va fitinglar, propilen qoplar, mebel, akril va kantselyariya tovarlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Davlat rahbari bu yerda import tovarlarni mahalliylashtiradigan, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etish zarurligini ta'kidladi.
Mavzuga oid
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
20:50 / 10.07.2025
Prezident Chilonzor tumanidagi loyihalar bilan tanishdi
16:47 / 02.07.2025
Toshkentdagi bog‘chada besh yoshli bola 2-qavatdan tushib ketdi
13:01 / 27.06.2025