Putin Idlibda kimyoviy xuruj amalga oshirilganiga doir taxminlarini bildirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyaning Idlib viloyatida kimyoviy qurol qo‘llanilganiga doir ikkita taxminni ilgari surmoqda.
"Birinchisi shuki— Suriya aviatsiyasi jangovar zaharlovchi moddalar ishlab chiqariladigan yashirin sexni bombardimon qilgan. Buning ehtimoli yuqori. Chunki, jangarilar bir necha marta ularni qo‘lladi, buni hech kim inkor qila olmaydi. Iroqda ham xalqaro koalitsiya va Iroq armiyasiga qarshi qo‘llashdi", — degan Putin "Mir" telekanaliga bergan intervyusida.
Prezidentning ta'kidlashicha, bu holatga hech kim e'tibor bermaslikka harakat qilmoqda, ushbu masalada shov-shuv ko‘tarmayapti, ammo barcha tomon jangarilarning zaharlovchi moddalarni qo‘llaganini tan oldi.
"Demak, ularda bu modda bor, u holda Suriyada qanday bo‘lmasin? Axir, ular bitta guruh-ku. Bu birinchi taxmin", — deya davom etgan Putin.
"Ikkinchi taxmin — shunchaki sahna ko‘rinishi, ya'ni fitna. Suriyaning qonuniy hukumatiga qo‘shimcha bosim o‘tkazish hamda shov-shuv ko‘tarish maqsadida ataylab uyushtirilgan", — degan prezident
Shu bilan birga, Putinga ko‘ra, rasmiy Moskva yuz bergan hodisani batafsil o‘rganmasdan turib, Suriya rasmiy hukumatiga nisbatan choralar ko‘rmaydi.
Mavzuga oid
10:10
Berbokning yuzi Suriya o‘tish davri hukumati ijtimoiy tarmoqlarida xira qilib qo‘yildi
22:52 / 05.01.2025
Germaniya suriyalik qochqinlar uchun himoya maqomini bekor qiladi
23:55 / 04.01.2025
Geosiyosiy hafta tahlili: gaz tranzitini to‘xtatgan Ukraina, Rossiyadan norozi Ozarboyjon va tanlov qarshisidagi Suriya
21:18 / 03.01.2025