Suriyada taxminan 20 ming atrofida xorijlik jangari jang qiladi, ularning salkam 10 ming nafari MDH mamlakatlaridan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin shu haqda bayonot berdi. 

"Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, taxminan 20 ming xorijlik jangari Suriyada urushmoqda, ularning salkam 10 minggi MDH fuqarolari. Turli ma'lumotlarga ko‘ra, ularning yarmidan kamrog‘i (20 mingdan) rossiyaliklar. 5 mingga yaqini Markaziy Osiyo mamlakatlaridan. Ular, asosan, KXShT (Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti) davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi", — degan  Putin "Mir" telekanaliga bergan intervyusida. Uning qayd etishicha, tahdid haqiqatdan ham ulkandir. 

"Biz tahdid ko‘lamini tushunib turibmiz va uni kamaytirish uchun barcha choralarni ko‘rishimiz kerak. Shuning ustida ishlayapmiz", — deb ishontirgan RF rahbari. 

Uning ta'kidlashicha, terrorchilar ustidan g‘alaba qozonish uchun sa'y-harakatlarni birlashtirish zarur. 

"Aks holda muvaffaqiyat qozonish dargumon", — deb qo‘shimcha qilgan Putin.