Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Tillerson bilan uchrashdi
Foto: TASS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda AQSh davlat kotibi Reks Tillerson va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi. Bundan avvalroq Tillerson va Lavrov muzokaralar o‘tkazgandilar. Bu haqda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.
"Rossiya prezidenti Putin Kremlda AQSh davlat kotibi Tilerson va Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrovni qabul qildi", deb yozgan Peskov.
Peskov Putin diplomatlar bilan nima haqida suhbatlashganini ma'lum qilmagan.
Avvalroq Peskov Lavrov va Tilerson o‘zaro muzokaralari natijalari bo‘yicha Putinga hisobot berishni lozim topsalar, Rossiya prezidenti ularni qabul qilishi mumkinligini aytgandi.
Mavzuga oid
19:59 / 24.02.2026
Putin Qora dengizdagi gaz quvurlarini portlatishga urinish haqida ma’lumot borligini aytdi
11:57 / 24.02.2026
Vadeful: Germaniya Putinning ortidan yalinib yugurmaydi
13:38 / 20.02.2026
Putin biznesdan tug‘ilishni oshirishda faol ishtirokni talab qildi
14:31 / 19.02.2026