Stokholmdagi terakt ijrochiligida asosiy gumondor sifatida hibs qilingan Rahmat Oqilov O‘zbekiston tomonidan xalqaro qidiruvga berilgandi. Bu haqda O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbaga asoslanib, RIA «Novosti» agentligi xabar qilgan.

U shu yilning fevral oyida diniy eksterizm ayblovi bilan qidiruvga berilgandi.

«Fevral oyi oxirida Rahmat Oqilovga nisbatan diniy ekstremizm bilan bog‘liq bir qator moddalar bo‘yicha jinoiy ish ochilgan va u xalqaro qidiruvga berilgan», — deya ma'lumot bergan manba.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Oqilov Shvetsiyada bo‘lgan vaqtida IShID ta'siriga tushib qolgan.

Millati tojik bo‘lgan ushbu shaxsning qarindoshlari u Shvetsiyada IShIDning tojiklar guruhi bo‘yicha emissari (maxfiy topshiriq bilan yuborilgan agent) ta'siriga tushgan. U 2015 yili IShID safida jang qilish uchun Suriyaga kirishga uringan, biroq Turkiya chegarasida to‘xtatilgan hamda Shvetsiyaga deportatsiya qilingan.

7 aprel kunduzi yuk mashinasi haydovchisi Drottninggatan ko‘chasida odamlarni bosib ketgan. U 550 metr yurib o‘tib, Ahlens savdo markazi binosiga urilgan. Hujum oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi: ikki nafar Shvetsiya fuqarosi, bir britaniyalik va belgiyalik. 15 kishi jarohat oldi.

Ushbu ish bo‘yicha O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lgan 39 yoshli Rahmat Oqilov qo‘lga olindi. U ko‘p vaqt o‘tmasdan «terrorchilik harakatini sodir etgani»ga iqror bo‘lib, o‘z aybini tan oldi.

Stokholm terakti ijrochisi o‘tgan yilda O‘zbekistonga deportatsiya qilinishi kerak bo‘lgandi

Foto: Stokholm terakti ijrochiligida gumonlanayotgan o‘zbekistonlikning shaxsi ma'lum qilindi