Usmonov o‘ziga tegishli OAVda senzuraga yo‘l qo‘ymaydi
Rossiya tadbirkor Alisher Usmonovning bayonot berishicha, u o‘ziga tegishli OAVda senzurani targ‘ib qilmaydi va media aktivlarining faoliyatiga aralashmaydi.
"Bir narsani aytishim mumkin, men u yerda hech qanday senzurani targ‘ib qilmayman. Bu mening huquqimga kirmaydi va umuman men media aktivlarim ishida ishtirok etmayman", — degan Usmonov "Vedomosti" nashriga berilgan intervyuda. Usmonov jurnalistlarning uni senzurada ayblashlariga javoban shunday fikrlarni bildirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Usmonov o‘ziga tegishli media ishiga bir martagina e'tibor qaratgan. O‘shanda "Vlast" jurnalida buzg‘unchilik mazmunidagi maqola chop etilgan edi. Tadbirkorning ta'kidlashicha, u xodimlardan yagona siyosiy qarashlarni emas, yuqori madaniy saviyani kutib qoladi.
Mavzuga oid
20:41 / 23.12.2024
Rossiyada YouTube trafigi keskin kamaydi
23:23 / 04.12.2024
Alisher Usmonov FIE prezidentligiga saylanganidan biroz vaqt o‘tib, lavozimini ixtiyoriy ravishda topshirdi
17:14 / 30.11.2024
Kipr Alisher Usmonovning singlisini “oltin pasport”dan mahrum qildi
16:36 / 30.11.2024