O‘zbekistonda yangi kon o‘zlashtirilishi boshlandi
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati yangi “Dalneye” konini o‘zlashtirishga kirishdi. Bu haqda korxona matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, «Dalneye» konini o‘zlashtirish investitsion loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 martidagi «Dalneye» koni negizida “Olmaliq KMK” AJ” ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2807-son qarori asosida bosqichma-bosqich 2017-2028 yillar davomida amalga oshiriladi.
Ushbu loyihani amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad, “Olmaliq KMK” AJning barqaror rivojlanishi, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va kengaytirish, “Dalneye” konining mis-molibden rudalarini xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan, energiya samarador va ekologik me'yorlarga javob beradigan zamonaviy texnologiyalar hamda jihozlar majmuasini qo‘llagan holda o‘zlashtirish hisobiga kombinatning xom-ashyo bazasini mustahkamlashdan iboratdir.
Loyihani amalga oshirish ikki bosqichda olib boriladi:
1 bosqich (2017-2021 y.y.) - “Dalneye” konining “Markaziy” kar'yerida ustki qatlamlarni ochish va tog‘-kapital ishlarini bajarish, ishlab chiqarish, transport, energetika va boshqa tegishli infratuzilma obektlarini bunyod etish hamda tog‘-konchilik, transport va boshqa texnikalarni xarid qilish loyihaning birinchi bosqichida amalga oshiriladigan vazifalar asosini tashkil etadi;
2 bosqich (2019–2028 y.y.) - Ustki qatlamlarni ochish va tog‘-kapital ishlarini davom ettirgan holda qayta ishlovchi, eritish, zaruriy va yordamchi obektlar komplekslari bunyod etilib, 23,0 mln. tonnaga teng rudalarni qayta ishlash quvvatlariga chiqish.
Bugungi kunda ushbu nufuzli loyiha ijrosining 1-bosqichi doirasida keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari boshlab yuborildi.
Qiymati 1,7 milliard dollarga yaqin bo‘lgan loyiha O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, tijorat banklari kreditlari va OKMK mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
13:54 / 12.12.2024
Gazprombankka qarshi sanksiyalar O‘zbekiston mis sanoati rivojini xavf ostiga qo‘yadi - The Diplomat
17:30 / 11.12.2024
OKMKda investitsiya loyihalari ishga tushirilmoqda: kombinatning yangi bosqichi va kelajagi haqida ma’lumot berildi
21:47 / 20.11.2024
OKMKning qariyb 25 foizi 12,2 trillion so‘mga baholanib, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga o‘tkazildi
17:00 / 02.11.2024