Bugun, 11 aprel kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Videoselektor öta tanqidiy ruhda ötgan. Unda dunyo iqtisodiyotidagi beqaror vaziyat xususida söz yuritilgan.

«Şuning uçun jonni jabborga berib işlanmasa, ertaga keç böladi», degan prezident.

Majlisda deyarli barça davlat hokimiyati va boşqaruvi rahbarlari ogohlantiriş olgan, ba'zi amaldorlar işdan böşatilgan. 

«Kun.uz» manbasining ma'lum qilişiça, qömita va uning tarkibiy bölinmalari faoliyatida samarali natijalarga erişilmagani, Vazirlar Mahakamasining 2017 yil 14 yanvardagi majlisida berilgan topşiriqlarning ijrosi yuzasidan amaliy kompleks çora-tadbirlar körilmagani hamda Özbekiston Respublikasi prezidenti farmoni loyihasini puxta işlab çiqişdagi şaxsiy intizomsizligi uçun Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi D.Hidoyatov lavozimdan olingan. 

Majlis davomida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining Nazorat bölimi boşqaruvçisi Ğaybullayev F.X lavozimidan ozod qilingan. 

Özbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisi B.X. Abdusamatovga hayfsan berilgan.

Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Rustam Sobiroviç Qosimov, Özbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va quriliş qömitasi raisi Zokirov B.I va uning birinçi örinbosari Töxtayev A.R ham hayfsan olgan.

Xalq ta'limi vaziri Inoyatov Uluğbek Ilyosoviç, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirining birinçi örinbosari, Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi direktori Salimov Umidjon Zokirjonoviç va boşqa bir qator boşqaruv organlari rahbarlari belgilangan talablar va Vazirlar Mahkamasi reglamenti qöpol ravişda buzilişiga yöl qöygani tanqid ostiga olingan.