Avval xabar berganimizdek, Buxoro viloyati aholisi tomonidan Kun.uz’ga kelib tushayotgan ko‘p sonli murojaat va takliflar asosida viloyat hokimligi bilan bog‘landik va mazkur masalalarga ulardan javob olishga harakat qildik.

Mazkur murojaat va takliflarning ma'lum bir qismini ijtimoiy xizmatlar, bandlik va shahar infratuzilmasi mavzulari tashkil etadi. Shu sabab savollarga turli idoralar vakillari javob qaytarishdi.

Takliflardan birida shunday deyiladi: “Salom. Video va foto xizmatlarining barchasini qonuniylashtirish vaqti keldi! Bizlarning taklifimiz Buxoro shahridagi barcha to‘y va marakalar o‘tkaziladigan restoran va kichik barlarga ro‘yxat daftari bo‘lishi shart. Xonanda, tasvirchi, dizayn va hokazo xodimlarning guvohnoma yoki litsenziyasi bo‘lmasa ushbu binolarga kiritilmasin. Qaysi video -foto, xonanda va dizaynerchi, dorboz xizmatchilari, boshlovchi, qayerga va qachon ishlagani ma'lum bo‘ladi. Bank tomonidan qo‘yilgan reja pul tushumlari ham o‘z vaqtida tushadi. Ushbu ro‘yxat daftari soliq organlari tomonidan maxsus muhr va ip bilan tikilishi kerak va ular hudud soliq inspektorini har doim nazoratida bo‘lishi shart”.

Mazkur masala yuzasidan Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Q.Igembegenov o‘z fikrini quyidagicha bildirdi: “2016 yil va 2017 yil 1-choragida “To‘ylar, yubileylar va boshqa tantanalarda konsert xizmati ko‘rsatish”, “Video va fotosuratga olish” xizmat turlari bo‘yicha viloyatda 127 nafar sub'yekt ro‘yxatga olingan.

Tegishli litsenziya va guvohnomasiz faoliyat ko‘rsatayotgan 32 nafar shaxs ma'muriy tartibda javobgarlikka tortildi.

Bundan tashqari ushbu sohadagi xizmatlarni qonuniylashtirish maqsadida soliq idoralari hamda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi bilan hamkorlikda reydlar olib borilmoqda”.

Yana bir murojaatda: “Salom. Iyul oyida o‘qishni tugatib, uyga qaytaman. Men istiqomat qiladigan manzilda internet tarmog‘iga ulanishning imkoni topilmadi. “O‘ztelekom”, Telefon liniyalari tarmog‘i, Mobil kompaniyalar, har xil internet provayderlariga bordim lekin ular menga yordam berishmadi. Internetga ulanishning iloji yo‘q, deyishdi. Iltimos, menga bu masalani yechishda yordam bering”, deyiladi.

Mazkur murojaatga O‘zbektelekom AK Buxoro filiali direktori A.Shoboyev