Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, ayrim fuqarolar qonun talablariga bo‘ysunmaslik hamda chorrahalarga o‘rnatilgan kuzatuv kameralariga qoidabuzarlik bilan tushib qolishdan qochish maqsadida o‘zboshimchalik bilan avtomashinaning davlat raqamlarining tusi va rangini oq bo‘yoq bilan o‘zgartirish, xiralashtirish, ustiga oq tasma yoki plyonka qoplama yopishtirish, davlat standartlariga javob bermaydigan davlat raqamini taqib yurish holatlari aniqlanmoqda.
Bu nafaqat qoidabuzarlikdan qutilib qolishga, balki ichki ishlar xodimlarini chalg‘itib, boshqa shaxsga nisbatan jarima solinishiga va o‘z navbatida fuqarolarda norozilik kayfiyati uyg‘onishiga sabab bo‘ladi.
Shu paytga qadar, 7ta shunday holat aniqlandi. Masalan, 2017 yil 8 aprel kuni E.D. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinasining orqa va old davlat raqamlari ustiga, 2017 yil 11 aprel kuni N. R. o‘zi boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinasining orqa davlat raqami ustiga o‘zboshimchalik bilan plyonka qoplama yopishtirib, davlat raqamining ko‘rinishini o‘zgartirganliklari aniqlanib, ularga nisbatan ma'muriy ta'sir choralari ko‘rildi.











