Shimoliy Koreya yaqin vaqt ichida yana bir yadro sinovini o‘tkazishi mumkin. Bundan sun'iy yo‘ldoshdan olingan suratlar darak bermoqda, deb xabar beradi The New York Times gazetasi.

Ta'kidlanishicha, bu KXDRning so‘nggi o‘n yil davomidagi oltinchi va “ehtimol, eng kuchli portlatish sinovi” bo‘lishi mumkin. Xabarga ko‘ra, mutaxassislar sun'iy yo‘ldoshdan olingan suratlarni o‘rganish jarayonida Shimoliy Koreya o‘z yadro sinovlarini o‘tkazadi, deb taxmin qilinuvchi Mantapsan tog‘ida faollik kuzatilgan.

Gazetaning yozishicha, tahlilchilar KXDR bayram kunlarida o‘z kuchini ko‘rsatib qo‘yishga intiladi, degan fikrda. Ularning ma'lum qilishicha, yangi yadro sinovi mamlakat asoschisi Kim Ir Senning tug‘ilgan kuni – 15 aprel, shanba kuni o‘tkazilishi mumkin.