Jamiyat | 18:21 / 13.04.2017
11477
1 daqiqa o‘qiladi

Sergeli tumanida avtobus YTHga uchradi: 9 nafar yo‘lovchi kasalxonaga yetkazildi

Chorshanba, 12 aprel kuni poytaxtning Sergeli tumanida soat 19.00da, Toshkent halqa avtomobil yo‘lida 297-raqamli avtobus YTHga uchradi. Bu haqda Nuz.uz xabar bermoqda.

Yangiyo‘l-Farhod bozori yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan “Isuzu” yo‘lovchi avtobusining 32 yoshli haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi to‘siqqa borib urilgan.

Toshkent IIBB YHXBBning xabar berishicha, yo‘l-transport hodisasi tufayli to‘qqiz nafar yo‘lovchi jabrlangan. Ularning barchasi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yetkazilgan. Haydovchining o‘zi YTHda jarohatlanmagan.

Ushbu holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid