Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali, 119-modda, 4-qismi, ya'ni “14 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojini zo‘rlik ishlatib, g‘ayritabiiy usulda qondirishga urinish alomatlari” bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan tezkor tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatda Hasan Isayev gumon qilinib, uning mashinasidan voyaga yetmagan A.ga tegishli Nokia rusumli mobil telefoni ashyoviy dalil sifatida topilib qo‘lga olindi. 

Hozirda, Isayevga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilib, tergov ishlari davom etmoqda. 

Toshkent shahar IIBB mazkur holatga o‘xshash jinoyatlardan jabr chekkanlar bo‘lsa, ichki ishlar idoralariga murojaat qilishlarini so‘raydi.