Avvalroq CNN telekanali o‘z manbalariga asosan AQSh Afg‘onistonga MC-130 samolyotidan “barcha bombalarning onasi”ni tashlagani haqida xabar bergandi. U IShID jangarilarining tunnellarini yo‘q qilishni maqsad qilgan.

Keyinchalik Pentagon vakillari Afg‘onistonda o‘ta kuchli bomba qo‘llanganini tasdiqladi. Amerika maxsus xizmatlari sobiq xodimi Edvard Snouden esa AQSh GBU-43/B fugas bombasi tashlangan tunnellar yaratilishini o‘zi moliyalashtirgani haqida ma'lum qildi.