Binali Yildirim lavozimidan ketish shartini bildirdi
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim 16 aprel kungi referendumga kiritilgan konstitutsiyaviy o‘zgarishlar mamlakatning federativ tizimga o‘tishiga olib kelsa, iste'foga chiqishini bildirdi.
"Boshqa narsani o‘ylab topa olmayotganlar, endilikda, Turkiya referendum natijasida unitar tizimdan voz kechadi, degan gapni aytib yurishibdi. Ya'ni, ularga ko‘ra, markaziy hukumat bilan birga ko‘plab mitti hukumatchalar ham bo‘lar ekan. Mana bosh hukumat, uning yonida Ko‘nya hukumati. Bunday bo‘lishi mumkinmi? Agar shunday (federativ) tizim paydo bo‘lsa, partiya rahbari va bosh vazir sifatida shu ondayoq iste'foga chiqaman", — degan Yildirim Anqaradagi mitingda.
Uning qo‘shimcha qilishicha, boshqaruvning federativ usuliga o‘tish, mamlakat janubi-sharqidagi kurdlar istqomat qiladigan hududlarning ayirmachilik kayfiyati e'tiborga olinsa, xavflidir.
Eslatib o‘tamiz, kelayotgan yakshanba, 16 aprel kuni Turkiyada mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartish kiritish bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tadi. Unda parlamentlik respublikasini prezidentlik respublikasiga aylantirish masalasi hal etiladi.
Mavzuga oid
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
17:42 / 20.12.2024