00:27 / 14.04.2017
25693

«Lion» – «Beshiktosh» uchrashuvida tartibsizliklar yuzaga keldi. O‘yin noma'lum muddatga qoldirildi

Yevropa ligasining 1/4 finalidan o‘rin olgan «Lion» va «Beshiktosh» jamoalari uchrashuvi boshlanishi arafasida turkiyalik muxlislar «Lyumer» stadionida tartibsizliklarni yuzaga keltirishdi.

Xabar qilinishicha, uchrashuv styuardlaridan biri jarohat olgan. Mehmonlar muxlislari raqib tomoniga turli xil buyumlar va fayyerlarni uloqtirishgan. Natijada fransuz muxlislari maydonga tushib ketishlariga sabab bo‘lgan.  

Hozircha uchrashuv boshlanishi noma'lum muddatga qoldirilgan.

Mavzuga oid
Top