Pxenyan AQSh zarbasini «quchoq ochib» kutib olish niyatida emasligini bildirdi
KXDR tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xan Son Ryolning bayonot berishicha, Pxenyan ma'muriyati AQSh qachon zarba berar ekan, deya kutish niyatida emas. Uning Associated Press agentligiga bergan intervyusida aytishicha, Koreya yarim orolidagi vaziyat «boshi berk ko‘chaga kirib qolgan».
Xan Son Ryol AQShni fitnalardan tiyilib turishga chaqirib, agar Vashington urushni tanlasa, Pxenyan bunga tayyorligini bildirdi. «Agar AQSh sayoz o‘ylangan harbiy harakatlar bilan kelsa, Shimoliy Koreyaning xavfni bartaraf etuvchi zarbasiga duch keladi. Bizda kuchli yadro vositasi bor», — deb eslatgan diplomat.
Navbatdagi oltinchi yadro sinovi qachon amalga oshirilishiga doir savolga javob bergan vazir o‘rinbosarining qayd etishicha, bu masala oliy qo‘mondolik ixtiyoridadir. «Portlash rahbariyat bunga zarurat topgan vaqtda amalga oshiriladi», - degan Xan Son Ryol.
Avvalroq, NBC News telekanali Amerika razvedkasidagi bir necha yuqori lavozimli mulozimlarga tayangan holda, KXDRning yadro sinovi o‘tkazishi aniq bo‘lsa, AQSh Shimoliy Koreya harbiy inshootlariga oldindan zarbalar berishga tayyorligi haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
08:56
AQSh Ukrainaga 1,25 mlrd dollarlik yordam paketini tayyorlamoqda
07:50
AQSh AZAL layneri Rossiya HHM zarbasi tufayli halokatga uchragani belgilarini ko‘rmoqda
22:49 / 27.12.2024
AQSh «Gurjiston orzusi» yetakchisi Bidzina Ivanishviliga qarshi sanksiyalar joriy etdi
21:44 / 27.12.2024