O‘zbekiston | 12:01 / 14.04.2017
53686
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyevning keyingi tashrifi Xitoyga bo‘ladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev may oyida Xitoyga ishchi tashrifini amalga oshiradi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ishtirokidagi anjumanda ma'lum qilindi.

Anjumanda ishtirok etayotgan «Kun.uz» muxbiri xabar berishicha, Abdulaziz Komilov ayni vaqtda Xitoy safariga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida ma'lumot bergan.

Prezident Xitoy poytaxti Pekinda may oyida o‘tkaziladigan «Buyuk Ipak yo‘li» sammitida ishtirok etadi. Sammit doirasida, 14-15 may kunlarida «Bir mintaqa, bir yo‘l» shiori ostidagi oliy darajadagi xalqaro forum bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid