Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi tomonidan fohişaxona saqlaş, qöşmaçilik qiliş kabi jinoyatlarning oldini oliş maqsadida olib borilgan “ORIYaT” tadbiri davomida jami 30ta holat aniqlangan.
Toşkent IIBBda bölib ötgan matbuot brifingida ma'lum qilişlariça, Jinoyat kodeksining 131-moddasi, ya'ni fohişaxona saqlaş va qöşmaçilik qiliş alomatlari bilan jinoyat işlari qözğatilgan. Şuningdek, 7-13 aprel kunlari ötkazilgan tadbirlarda 69 nafar şaxs fohişalik bilan şuğullanib kelayotganligi,
84 nafar şaxslar jamoat joylarida spirtli içimlik iste'mol qilganligi aniqlanib, barçasiga nisbatan ma'muriy ta'sir çoralar körildi.
Xususan, 13 aprel kuni Yaşnobod tumanida 4 nafar fohişa ayol va 7 nafar hind millatiga mansub xorijlik fuqaro fohişaxonada uşlangan. Ayni vaqtda uşbu iş yuzasidan suriştiruv işlari olib borilayapti.
Muqaddam sudlanganlar, profilaktik hisobda turuvçilar örtasida ham profilaktik işlar amalga oşirildi.Jumladan, 674 nafar muqaddam sudlangan şaxslar, 1046 nafar içki işlar idoralarining profilaktik hisobida turgan şaxslar bilan suhbatlar ötkazildi.












