20:38 / 15.04.2017
13734

Harakatlar strategiyasi: 2017 yil I choragida iqtisodiyot sohasida amalga oshirilgan ishlar

2017 yilning 15 aprel kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar muhokamalarini o‘tkazishga xizmat qiluvchi “Doimiy faoliyat yurituvchi ishchi maydon”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga bugungi kunga qadar Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha qilingan ishlar yuzasidan atroflicha ma'lumot berildi.
 
Jumladan, davlat dasturining iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari doirasidagi loyihalar bo‘yicha 2017 yilning I choragida quyidagi ishlar amalga oshirilgan: 

•  Tayyor charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish borasida 12,7 mln. dollarlik 10 ta loyiha amalga oshirilib, 100 dan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etildi;
•  “O‘zmetkombinat”da Ferrosilitsiy ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasiga  13,5 mln. dollar kredit jalb etildi;
•  Sintetik yuvish va maishiy kimyo vositalarini ishlab chiqarish  loyihasi  bo‘yicha qiymati 12 mln. dollarga teng  bo‘lgan uskunalar olib kelindi;
•  To‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga 32 mln.  dollar investitsiya-larni jalb qilish hisobiga 3 ta yangi yengil sanoat korxonalari ishga tushirildi, 1000 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Top