13:22 / 15.04.2017
5180

Erondagi suv toshqinlari kamida 17 kishining umriga zomin bo‘ldi

Eron shimoli-g‘arbida sodir bo‘lgan tabiiy ofat oqibatida kamida 17 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda Sharqiy Ozarboyjon viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbari Xalil Sayeiy ma'lum qilgan.

"Ayni vaqtda Ajabshir hududida 14 kishining jasadi topildi, yana 3 kishining jasadi Ozarshahr okrugida Azershaxr suv ostidan chiqaril olingan", — deya uning so‘zlarini keltiradi IRIB telekanali. 

Hozirda, qidiruv-qutqaruv amaliyotlari davom etmoqda. Uning aytishicha, 37 kishi jabrlangan. 

Top