19:11 / 15.04.2017
5990

Xodorkovskiy: “Jamiyatga kelajakni birgalikda, hech qanday yo‘lboshchilarsiz qura olish mumkin ekanini ko‘rsatish kerak”

Mixail Xodorkovskiy “Ochiq Rossiya” harakati raisi lavozimini tark etdi. Bu haqda u Estoniya poytaxti Tallin shahrida o‘tayotgan anjumanda ma'lum qilgan. Uning so‘zlari “Ochiq Rossiya” saytida keltirildi.

“Biz jamiyatga kelajakni o‘zimiz birgalikda, hech qanday yo‘lboshchilarsiz qura olishimiz mumkin ekanini ko‘rsatishimiz kerak”, - deya ma'lum qildi YuKOS sobiq rahbari.

Kutilishicha, kengash ham qayta saylanadi. Nomzodlar orasida amalga tarkibga kiruvchilar ham bor, biroq qayta saylanishni istamaganlar ham topiladi.

Xodorkovskiy “Ochiq Rossiya” rahbari lavozimini tark etishi haqida ilk xabarlar mart oyi boshida paydo bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top