22:30 / 15.04.2017
43661

Navoiy va Urganch IIB boshliqlari o‘zgardi

O‘zbekiston IIVning qator bo‘linmalariga yangi boshliqlar tayinlandi. Bu haqda «Postda» gazetasi xabar berdi.

Navoiy viloyati Navoiy shahar IIBga podpolkovnik Sidiqov Farhod Barakayevich boshliq bo‘ldi. Xorazm viloyati Urganch shahar IIBga esa podpolkovnik Tojimurodov Ilhom Rahimboyevich rahbarlik qiladi.

Bundan tashqari, Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tuman IIBga — podpolkovnik Ibragimov Valijon Karimovich, Navoiy viloyati Qiziltepa tuman IIBga — podpolkovnik Eshmuratov Yunus Bekpo‘latovich, Andijon viloyati Xo‘jaobod tuman IIBga — podpolkovnik Mamadaliyev Sirojiddin Anvarjonovich, Qashqadaryo viloyati Muborak tuman IIBga — podpolkovnik Sharipov Salohiddin Jamolovich, Qashqadaryo viloyatining Nishon tumani IIBga — podpolkovnik Xolmurodov Mahmanazar Erkinovich boshliq etib tayinlandi.

Shuningdek, podpolkovnik Klichev Umid Valerevich – Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – JQ va TQKB boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik Rizayev Alisher Temirovich – Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik Ahmedov Ilhomjon To‘xtaboyevich – Andijon viloyati IIB PPX va JTSB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Mavzuga oid
Top