Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 14 aprelda joylarda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borişi bilan yaqindan tanişiş, xalq bilan muloqot qiliş maqsadida 14 aprel kuni Samarqand viloyatiga taşrif buyurdi.
 
Davlat rahbari kuzgi-qişki mavsumda kartoşka taqçilligiga barham beradigan loyiha bilan tanişdi. 

"Viloyatda “Şarq” konserni taklifiga binoan kartoşka işlab çiqariş Ilmiy markazi taşkil etiladi. Uning har bir viloyatda Fanlar akademiyasi, “Şarq” konserni hamda agronomlardan iborat bölimlari va laboratoriyalari faoliyatini ham yölga qöyiş kerak. Bu kiçik masala emas. Bu nondir. Dunyoda inqiroz ketayapti. Kafolatlangan byudjyet negizida mana şu narsa yotadi. Bu innovatsiyadir", – degan davlat rahbari.