16:21 / 16.04.2017
5348

«Formula-1» yana sotilishi mumkin

«Formula-1»ning sobiq rahbari Berni Ekklstoun ma'lum qildiki, «qirollik poygalari»ning yangi xo‘jayinlari yana sotilishi mumkin.

«Jon Meloun ancha tajribali tadbirkor. Agar kimdir unga foydali taklif bilan chiqsa, «Formula-1» yana sotilishi mumkin. Poygalar uni qiziqtirmaydi, u faqat biznesini rivojlantirish haqida qayg‘uradi», — deya Ekklstounning so‘zlarini keltirgan Daily Mail.

Bundan oldinroq «Formula-1»ning sobiq rahbari Berni Ekklstoun Liberty Media aksiyalari sotuvi orqali 28 mln dollar ishlab olgani ma'lum qilingandi. Aktsiyalarni u F-1 sotilishi doirasida qo‘lga kiritgandi.

Mavzuga oid
Top