02:02 / 16.04.2017
10956

La-liga. «Barselona» g‘alaba qozonib, «Real» bilan farqni saqlab qoldi

Ispaniya La-ligasining 32-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv «Kamp Nou»da bo‘lib o‘tdi va unda «Barselona» «Real Sosedad»ni qabul qildi.

Uchrashuvning 17 va 37-daqiqalarida Lionel Messi gol kiritib 2:0 hisobini yuzaga keltirgandi. 42-daqiqada Umtitining avtogolidan keyin farq qisqardi. 44-daqiqada Pako Alkaser Messining uzatmasidan so‘ng hisobdagi farqni yana oshirdi. Birinchi bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqada Xavi Priyeto farqni yana bittagacha qisqartirdi. Ikkinchi bo‘limda jamoalar darvozalarni ishg‘ol qila olishmadi va «Barselona» «Real Sosded»ni o‘z uyida ketma-ket 19-uchrashuvda mag‘lubiyatga uchratdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Barselona» «Real» bilan o‘rtadagi farqni yana uchtagacha qisqartirdi. Biroq «Real»da uchrashuvlar soni bittaga kam.

La-liga, 32-tur

Barselona – Real Sosedad 3:2 (3:2)
Gollar: Messi (17, 37), Pako Alkaser (44) – Umtiti (42, avtogol), Priyeto (45+1).
Barselona: ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Serdji Roberto, Rakitich, Buskets, Andre Gomesh (Inesta, 69), Pako Alkaser (Denis Suares, 79), Messi, Suares.
Real Sosedad: Ruli, Navas, Berchiche, Saldua, Martines, Surutusa (Granero, 84), Ilyarramendi, Vela (Kanales, 62), Priyeto, Oyarsabal, Villian Joze (Bautista, 79).
Ogohlantirishlar: Vela (7), Pako Alkaser (41), Ilyarramendi (49), Suares (68), Pike (88).

Top