13:34 / 17.04.2017
13320

AQSh vitse-prezidenti KXDRni Trampning qat'iyatini sinamaslikka chaqirdi

AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens KXDRni Amerika prezidenti Donald Trampning qat'iyatini sinamaslikka chaqirdi. Pens 17 aprel, dushanba kuni Janubiy Koreyaga tashrifi davomida ana shunday bayonot bilan chiqdi. CNN telekanali shu haqida xabar berdi. 

Oq uy yangi rahbarining qat'iy xatti-harakatlarga qodirligining isboti sifatida Suriya hukumat kuchlari aviabazasiga qarata berilgan raketa zarbalari hamda Afg‘onistonga tashlangan eng qudratli noyadroviy bomba misol qilindi. 

"So‘nggi ikki haftada Suriya va Afg‘onistonga qo‘llangan choralar tufayli dunyo yangi prezidentimizning kuch-qudrati va qat'iyatiga guvoh bo‘ldi, - dedi Pens. - Shimoliy Koreya uning qat'iyati va Qo‘shma Shtatlarning bu mintaqadagi Harbiy kuchlari qudratini sinamagani yaxshi". 

Vitse-prezidentning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqdoshlari Koreya yarim orolini yadroviy quroldan xalos qilishni maqsad qilishgan. "Biz bu maqsadga tinch yo‘l bilan erishishga umid qilamiz, ammo barcha variantlar o‘z kuchini saqlab qoladi", - qo‘shimcha qildi u.

Mavzuga oid
Top