Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning bayonot berishicha, u mamlakat bosh vaziri Binali Yildirim bilan Turkiya jinoiy qonunchiligiga oliy jazoni qaytarish masalasini muhokama qiladi. Bu haqda u Istanbulda qilgan chiqishida ma'lum qildi, deb yozmoqda Daily Express.

«Agar bu (o‘lim jazosini qaytarish to‘g‘risidagi parlament qonun loyihasi) menga kiritilsa, uni tasdiqlayman», — degan prezident. 

U, shuningdek, parlament muxolifati shunday tashabbusni «qo‘llab-quvvatlamasa», mamlakatda bu masalada ham referendum o‘tkazish kerak. 

«Biz bu borada yana bitta referendum o‘tkazishimiz mumkin edi», — degan davlat rahbari. 

Avvalroq, Turkiyada parlament boshqaruvidan prezidentlik boshqaruviga o‘tish bo‘yicha referendumda prezidentlik boshqaruvi tarafdorlari g‘alaba qozongani xabar qilingan edi.