07:44 / 17.04.2017
7329

Xitoy yalpi ichki mahsuloti 2017 yilning birinchi choragida qanchaga o‘sgani ma'lum

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Xitoy yalpi ichki mahsuloti 2017 yilning birinchi choragida 6,9 foizga o‘sdi. Bu haqda RIA «Novosti» Xitoy davlat statistika byurosi ma'lumotlariga asosan xabar bermoqda.

«Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Xitoy yalpi ichki mahsuloti o‘sishi 2017 yilning birinchi choragida 6,9 foizni tashkil qildi», - deyiladi 17 aprel kuni tarqatilgan hisobotda.

Ta'kidlanishicha, bu ko‘rsatkich rasmiy bashorat va ekspertlar taxminidan ham yaxshi bo‘lib chiqqan.

Avvalroq Xitoy YaIMning 2017 yildagi o‘sish sur'ati 6,5 foizni tashkil etishi xabar qilingandi. 

Mavzuga oid
Top