22:11 / 17.04.2017
5816

Mart oyida koalitsiya zarbalaridan Suriya va Iroqda eng ko‘p sonda tinch aholi halok bo‘ldi

Foto: AFP

Mart oyida AQSh boshchiligidagi koalitsiya zarbalaridan Suriya va Iroqda eng ko‘p sonda tinch aholi halok bo‘ldi. Bu haqda Airwars mustaqil monitoring guruhi ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda  International Business Times nashri xabar bermoqda.   

Koalitsiyaning Iroq va Suriyadagi harakatlarini kuzatish bilan shug‘ullanuvchi guruhning ma'lum qilishicha, oxirgi oylarda ikkala davlat hududlariga berilgan aviazarbalarning soni "misli ko‘rilmagan darajada" oshgan.

Airwars ma'lumotlariga ko‘ra, koalitsiya mart oyida Iroqqa 268 ta, Suriyaga esa 434 ta zarba bergan. Bu zarbalar oqibatida kamida 1782 fuqaro halok bo‘lgan. 

Tashkilot xodimi Aleks Xopkinsning ta'kidlashicha, mart oyida Suriyada halok bo‘lganlar soni bir necha marotabaga oshgan, biroq bu holat matbuotda juda oz yoritilgan.

Top