Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 14-15 aprel kunlarida Samarqand viloyatiga amalga oşirgan taşrifi vaqtida bir qança rahbarlarni lavozimlaridan ozod qilgan.
Xususan, Bulunğur va Nurobod tumanlarida «törtlik»lar işdan ketgan, hokimlar hamda tuman prokurorlari, tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbarlari hamda tuman Içki işlar boşqarmasi boşliqlari lavozimini tark etgan.
Bulunğur tumani hokimi Xöjayorov Xayriddin Gadoyeviç işdan olinib, uning örniga Furqat Rahimov tayinlangan.
Nurobod tumani hokimligidan böşatilgan Ergaşev Baxtiyor Qöşboyeviç örniga esa hali yangi rahbar tayinlanmagan.
Şuningdek, Qöşrabot tumani hokimining birinçi örinbosari Xolboyev Anvar işdan olingan.
Qayd etiş joizki, Özbekistonda endilikda muayyan hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi uçun faqatgina hokimning özi javob bermayapti. Qaysi tuman yoki şaharda hokim işdan olinadigan bölsa, «törtlik»ning barça vakillari — hokim, prokuror, militsiya boşliği, DSI boşliği işdan ketmoqda. Bu jamoaviy javobgarlik sifatida hisoblanmoqda.

















