Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya arsenalida nimalar bor?

Shimoliy Koreya fronti Donald Tramp ma'muriyati diqqat markazida bo‘lib turibdi, ayniqsa yakshanba kuni ular o‘zlarining yangi ballistik raketasini muvaffaqiyatsiz uchirgach. Xavfsizlik bo‘yicha Trampning bosh maslahatchisi, general-leytenant Gerbert Makmasterning aytishicha, AQSh KXDRning nayrangu-fitnalariga munosib javob berish uchun "Xitoy bilan turli usullarda hamkorlik qilishi kerak". Quyida Shimoliy Koreyaning yadro va noyadro qurollari borasida bir nechta xarita keltirilgan.
Yaqin masofada amalga oshirish mumkin bo‘lgan tahdidlarning eng bevositasi — chegaralar bo‘ylab joylashtirilgan Shimoliy Koreya artilleriyasidir. U Janubiy Koreyaning katta hududida zarba bera olishi mumkin: bu holda eng ko‘p talofat ko‘radigan hudud — chegaradan 15 km uzoqlikda joylashgan shaharlar bo‘ladi. Lekin, Stratfor ma'lumotlariga ko‘ra, juda og‘ir artilleriya zarbalariga mamlakat poytaxti Seul ham duchor bo‘lishi mumkin.
Keyingi grafikdan ko‘rinib turibdiki, hozirgi yetakchisi vaqtida Shimoliy Koreya uning otasi va bobosi rahbarlik qilgan davrlardan ham ko‘ra ko‘proq ballistik raketalar uchirgan.
Bloomberg’ning qayd etishicha, Kim Jong-Un 2011 yilda hokimiyat tepasiga kelgach, mamlakat yadro dasturi taraqqiyotini yanada tezlashtirgan va hozir mamlakat Janubiy Koreya va Yaponiyaga 20 ta atom bombasi tashlash qudratiga ega. Endi rejim uzoq radiusli raketalar yaratish ustida ish olib bormoqda, maqsadi — yadro kallagini Amerika Qo‘shma Shtatlari poytaxtigacha elta oladigan raketa yaratish. Bu grafik KXDR raketa arsenali haqida biz bilgan jamiki ma'lumotlarni umumlashtiradi.
Keyingi illyustratsiyada Shimoliy Koreya ballistik tizimi uchun maksimal hisobiy diapazon tasvirlangan. Garchi, Tepodong-2 va KN-14 kabi "eng zamonaviy" raketalarning yetkazilish radiusi borasida fikrlar turlicha bo‘lsa-da, ular AQSh hududining katta qismiga tahdid sola oladi, deb gumon qilinadi.
Ayrim tahlilchilarning fikricha, Tepodong-2dan faqat orbitaga sun'iy yo‘ldosh chiqarish uchun foydalanishga yaroqli, yadro kallaklarini eltishdan undan foydalanib bo‘lmaydi.
G‘arb davlatlarini Tepodong-2dan ham ko‘proq tashvishga solyotgan narsa KN-08 ballistik raketasidir. 11,5 ming parvoz radiusiga ega bo‘lgan bu raketa AQShning yirik shaharlariga ham tahdid sola oladi.
Yil boshida Kim Jong-Un raketa sinovlarining "so‘nggi bosqichi"da ekanligini ta'kidlagan, bunga javoban Donald Tramp Tvitterda "Bu yuz bermaydi!" deb yozgan edi.
Bundan tashqari, dam olish kunlari KXDRda Quyosh kuni munosabati bilan o‘tgan harbiy paradlarda yangi qit'alararo ballistik raketani namoyish qilgan, Janubiy Koreya armiyasi ma'lumotlariga ko‘ra u hozirda mavjud KN-08 yoki KN-14 raketalaridan uzunroq, ya'ni u mabodo rostdan ham ishlab chiqilgan bo‘lsa, rejimning eng uzoqni mo‘ljalga oluvchi quroli bo‘ladi.
Yana bir potensial tahdid Shimoliy Koreya yadro qurollarining AQShning Tinch okeani sohillariga suv osti kemalarida vositasida eltilishidir. Suv osti kemalari dizel yoqilg‘isida ishlaydi va ularni bandargohni tark etgan zahoti aniqlash va yo‘q qilish oson, — albatta, buni AQShdagilar ham juda yaxshi bilishadi, lekin ular kerakli masofaga yaqinlashib olsa Vashingtonni ham bemalol nishonga olishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jaziramadan dengizga: nega Bali, Maldiv va Turkiyani tanlashadi
Jamiyat | 17:22
-
«Bu tabiatga beshafqat munosabat» – deputat tadbirkor Murod Nazarovning taklifini tanqid qildi
O‘zbekiston | 17:16
-
Chiroyli emas – xavfsiz bo‘lsin: quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak qanday tanlanadi?
Jamiyat | 17:05
-
Tomda mehmonxona qurish mumkinmi?
O‘zbekiston | 16:09
Mavzuga oid

14:51 / 26.06.2025
Kim Chen In KXDRda jahon darajasidagi sohilbo‘yi kurortini ochib berdi

12:31 / 30.05.2025
Rossiya Shimoliy Koreyaga havo mudofaa tizimlarini yetkazib beryapti - MSMT

23:49 / 29.05.2025
Putin urushdagi yordami uchun Kim Chen Inga nima sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi

14:39 / 27.05.2025