01:21 / 17.04.2017
8300

Turkiya muxolifati referendum natijalari ustidan arz qilmoqchi

Turkiya muxolifati 16 aprelda mamlakatda o‘tgan konstitutsiyaviy referendum natijalari ustidan arz qilmoqchi. Bu haqda mamlakatdagi asosiy muxolif partiya – Turkiya Xalq-respublika partiyasi raisi o‘rinbosari Erdal Aksyunger ma'lum qildi.

Turkiyada 98 foiz byulleten hisob-kitob qilingandan keyin islohotlar tarafdorlari 51,3 foiz to‘plagan. Saylovlardagi davomat 84 foizni tashkil qilgan.

"Ovoz berish natijalariga ko‘ra bizda 37 foiz saylov uchastkasi bo‘yicha e'tiroz bor, biroq biz hali hamma natijalarni ko‘zdan kechirmadik va ular bo‘yicha arz qilishimiz mumkin bo‘lgan muammoli uchastkalar miqdori 60 foizgacha oshishi mumkin", deb aytdi Aksyunger jurnalistlarga.

Uning aytishicha, ovoz berish yakunlanishidan avval Turkiya oliy saylov kengashi referendumda soxtalashtirishlarga yo‘l ochish uchun pechatsiz byulletenlarni ham haqiqiy deb topish haqida qaror chiqargan.

Mavzuga oid
Top