15:37 / 17.04.2017
20755

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 3700 so‘mlik «dovon»ga yaqinlashmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yil 18 apreldan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 3678 so‘mu 89 tiyin etib belgilandi. Bu 11 apreldagi kursga nisbatan 28 so‘m 15 tiyinga ko‘p.

1 AQSh dollari        3678,89   

1 YeVRO            3901,63

1 Rossiya rubli        65,35

1 Funt sterling    4612,23       

10 Yaponiya iyenasi    339,66

1 Islandiya kronasi    33,08

10 J.Koreya voni    32,38

1 Kuvayt dinori    12079,77

100 Livan funti    244,17

1 Malayziya ringgiti    835,54

1 Norvegiya kronasi    428,82

1 Xitoy yuani        534,14

1 Singapur dollari    2637,77

1 Shvetsiya kronasi    407,30

1 Shveytsariya franki    3661,68

1 BAA dirhami        1001,71

1 Misr funti         202,81

1 Daniya kronasi    525,21

1 Avstraliya dollari    2791,91

1 Turkiya lirasi    1011,66

1 SDR    4997,37

1 Kanada dollari    2766,09

1 Ukraina grivnasi    137,21

1 Polsha zlotiysi    921,47

 Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Top