11:15 / 17.04.2017
8644

Jahon bozorida neft narxlari pasaymoqda

London va Nyu-York birjalaridagi elektron savdolarda neft narxi arzonlasha boshladi. Savdolarga doir ma'lumotlar shunday deyishga asos bo‘lmoqda. 

Xususan, Nyu-Yorkning NYMEX tovar-xom ashyo birjasida WTI navidagi neftning may oyi fyucherslari 0,83 foizga arzonlashib, bir barreli 52,74 dollardan sotilgan.

Londonning ICE Futures birjasida esa, Shimoliy dengizning Brent navli nefti iyun oyida yetkazib berish sharti bo‘yicha 0,81 foiz arzonlashib, barreli 55,44 dollardan xarid qilingan. 

Top