Turdiyev bungacha Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Foto: REDNews
Turdiyev Dilmurod 1996 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U turli yillarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining Makroiqtisodiy parametrlar, moliya-valyuta balansi va Respublika investitsiya dasturlari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining Demografiya, ijtimoiy sohani va mintaqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
Yashnobod tumanining avvalgi hokimi Hakimov Farrux Erkinovichning keyingi faoliyati haqida hozircha ma'lumot yo‘q.
Toshkent shahri hokimiyatidagi manbaning bildirishicha, yana boshqa tumanlarda rahbarlar o‘zgarishi kutilmoqda.
Davlat qo‘mitasidan tumanga. Chilonzorga yangi hokim tayinlandi










