Avstriya: Turkiya uchun Yevropa ittifoqi eshiklari yopildi
Turkiya Yevropa ittifoqiga kirish uchun barcha imkoniyatlardan konstitutsiyaviy islohot bo‘yicha referendumdan so‘ng mahrum bo‘ldi. Bu haqda Avstriya TIV rahbari Sebastyan Kurts Bild gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
"Ha", - degan u, Anqara uchun “Yevropa eshiklari” endilikda yakuniy ravishda yopilganmi, degan savolga javob qaytarar ekan. “Turkiyadagi vaziyatga qo‘shimcha bo‘yoq bermoqchi bo‘lganlarning barchasi, mamlakat Yevropadan uzoqlashib ketayotganini tushunishi kerak. Referendum uni qonun ustuvorligi va demokratiyadan ancha olislarga olib ketdi”, - deya aytib o‘tdi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyada vizasiz rejimni olish uchun hech qanday imkoniyatlar yo‘q. "Men vizasiz kirishga tegishli holatda hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi, deya hisoblayman. Biz Turkiyaga va'dalar berishni bas qilishimiz kerak”, - deya ma'lum qildi Kurts. Shuningdek, uning ta'kidlashicha, mamlakat prezidenti Toyyib Erdo‘g‘an “tushungan holda aksilevropa siyosatini olib bordi va Yevropaga hujum qildi”.
U shuningdek Anqaraga YeIga integratsiya jarayoni doirasida beriladigan moliyaviy ko‘makni taqdim etishni to‘xtatib qo‘yishga chaqirgan. "Turkiyaga ittifoqqa kirish uchun mablag‘lar o‘tkazib berilishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim, sababi u baribir kirmaydi", - deya aniqlik kiritgan vazir. “Referendumdan so‘ng, xuddi hech narsa yuz bermagandek o‘zini tutish yaramaydi”, - deya hisoblaydi Avstriya tashqi siyosat idorasi rahbari.
Kurtsning fikricha, Bryussel va Anqara o‘z munosabatlarini oydinlashtirib olishlari kerak. “Kirish borasidagi muzokaralar xatodir. Biz rost munosabatlarni yo‘lga qo‘yishimiz kerak: qo‘shnilar o‘rtasidagi kelishuv. Unda biz qanday masalalar bo‘yicha hamkorlik qilamiz (masalan, qochoqlar bo‘yicha), qanday sohalarda esa – yo‘q, bularning bari aniq belgilab qo‘yilgan bo‘lishi kerak”, - deya xulosa qilgan u.
Mavzuga oid
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
17:42 / 20.12.2024