15:06 / 18.04.2017
21057

Beruniy tumanida hokimning bir o‘rinbosari bo‘shatilib, 3 nafari yangi tayinlandi

Beruniy tumanida xalq deputatlari tuman Kengashining 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kruz.uz xabar berdi.

Sessiyada Bayjanov Hamid Rozimovichni tuman hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod qilish haqidagi qarori tasdiqlandi. 

Shundan so‘ng, Matkarimov Ilhom Ismailovichni Beruniy tumani hokimining iqtisodiy va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha  birinchi o‘rinbosari, Yuldashev Gulimbay Abdullayevichni tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish,  kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Xudaybergenov Azad Sabirovichni tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlash haqidagi qarori qabul qilindi.  

Top