23:20 / 18.04.2017
25678

Davlat departamenti al-Bag‘dodiy qo‘lga olingani haqidagi xabarga munosabat bildirdi

AQSh Davlat departamenti IShID terrorchi guruhi yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy joylashgan hudud haqida ma'lumotga ega emas.

"Biz uning qo‘lga olingani haqidagi xabarni tasdiqlay olmaymiz", deya departament vakili so‘zlarini keltirgan RIA Novosti.

Bundan oldinroq bir qator nashrlar IShID rahbari Mo‘suldan qochib ketayotganida, Iroq va Suriya chegarasi hududida qo‘lga tushgani haqida xabar tarqatgandi.

Bugun Mo‘sulda IShIDning asosiy harbiy qo‘mondonlaridan biri o‘ldirilgan. Abu Hojir ar-Rusi laqabli bu jangari rossiyalik bo‘lgani aytilgan.

Mavzuga oid
Top