O‘zbekiston | 19:20 / 18.04.2017
27553
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident farmoni: Davlat mulkidan foydalanish samaradorligi oshiriladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 18 aprel kuni “O‘zbekiston Respublikasining xususiylashtirilgan korxonalar va raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha Davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Farmonga ko‘ra, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xususiylashtirilgan korxonalar va raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha Davlat qo‘mitasiga aylantirildi.

Farmon «xususiylashtirilgan davlat mulki negizida xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini sifat jihatdan o‘zgartirishni ta'minlash, tadbirkorlik sub'yektlarini xususiylashtirilgandan keyin amaliy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida» qabul qilingan.

Farmonda ta'kidlanishicha, yangi qo‘mitaning eng muhim vazifasi xususiylashtirilgan korxonalarni tiklash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ko‘maklashish hamda shu asosda yangi ish o‘rinlarini yaratishdir.

 

Mavzuga oid