13:48 / 18.04.2017
6260

Janubiy Koreya prezidentligi uchun nomzodlar bir-birini keskin ayblashdi

Koreya respublikasi davlat rahbarligi uchun ikki asosiy da'vogar 18 aprel kuni saylovchilarning o‘z tomoniga og‘dirish maqsadida keskin choralarni boshlashdi. Ular markaziy telekanallar orqali namoyish etilgan debatlarda bir-birini ayblab, jiddiy bayonotlar berishdi. 

Ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazishga ixtisoslashgan Gallup Korea agentligiga ko‘ra, prezidentlik poygasi avvalida liberal "Toburo" Demokratik partiyasi nomzodi Mun Je In 40 foizlik ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilgan. Ikkinchi o‘rinda markazchi kayfiyatidagi Xalq partiyasi vakili An Chxol Su borayotgan edi. Uning uchun so‘ralganlarning 37 foizi ovoz berishga tayyorligini bildirishgan. 

An Chxol Su telebahs chog‘ida Mun Je Inni faqatgina partiyadagi bir fraksiya yetakchisi ekanligida aybladi. "Mamlakat boshqaruvini yana fraksiya kuchlariga topshirish yaramaydi", - degan Chxol Su va "Mun Je In insonlarni birlashtirish o‘rniga ularni ajratish bilan faqat o‘z manfaatlariga xizmat qiladi".

Bundan avval, An Chxol Su ham TDPning a'zosi bo‘lgan, Xalq partiyasiga ega o‘tgan yili o‘tgandi. Shu boisdan ham u "Toburo"ning ichki muammolari hamda asosiy raqibi xususida ko‘pgina ma'lumotlarni biladi. 

Mun Je In, o‘z navbatida, An Chxol Suni konservativ kuchlar bilan o‘ynashayotganlikda ayblagan. Chunki, shu kuchlar sobiq prezident Pak Kin Xeni iste'foga chiqargan. Mun Je In so‘zlariga ko‘ra, saylovlarda ishtirok etuvchi An Chxol Su, aslida, avvalgi ma'muriyat tiklanishini anglatadi. Hozirgi Xalq partiyasi Pak Kin Xeni prezidentlikka olib kelgan sobiq "Senuri" partiyasi tashkil etgan  Koreya ozodlik partiyasi bilan hamkorlik qilmoqda. 

"Bo‘lajak ovoz berish jarayoni taraqqiyot kuchlari va eski korrupsiya tizimi o‘rtasidagi kurashni anglatadi", - degan Mun Je In. Uning aytishicha, parlamentda atigi 40 o‘ringa ega partiyada g‘alaba qozongudek bo‘lsa, hokimiyat tepasiga yana eskicha fikrlovchi jinoiy to‘da keladi. 

"Uncha katta bo‘lmagan partiya qanday qilib samarali ishlaydigan hukumatni shakllantirishi mumkin?", - degan Mun Je In. Shu paytgacha, jami 6 telebahsdan 2tasi bo‘lib o‘tgan. 9 mayga qadar telebahslar tobora qizg‘in tus olishi taxmin qilinmoqda. 

 

Top