13:40 / 19.04.2017
16663

«Bavariya» futbolchilari «Real»ga qarshi o‘yindan keyin hakam xonasiga bostirib kirishgan

«Bavariya» futbolchilari Arturo Vidal, Robert Levandovski va Tiago Alkantara Chempionlar Ligasining «Real»ga qarshi javob uchrashuvidan (4:2) so‘ng hakamlar xonasiga bostirib kirishgan. Bu haqda sport.es nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchilar hakamlarning ortidan yechinish xonasiga kirib borgan va ularga tahdid qilgan. Qayd qilinishicha faqatgina politsiya ko‘magida janjal bartaraf etilgan.

Uchrashuvdan keyin hakamning qarorlari bo‘yicha, jumladan Vidalning qizil kartochkasi va Ronalduning ofsayddan urgan ikkita goli bo‘yicha tortishuvlar yuzaga kelgandi.

Top