23:22 / 19.04.2017
5005

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Kiyevga 1 mlrd yevro ajratishga tayyor

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) joriy yilda Ukrainaga iqtisodiy rivojlanish ehtiyojlariga 0,5 mlrd yevrodan 1 mlrd yevrogacha mablag‘ ajratishga tayyor. Bu haqda YeTTB prezidenti Suma Chakrabarti ma'lum qildi. 

"1 mlrd yevro investitsiya ajratilishi uchun 2-3 ta katta loyiha ishga tushirilishi kerak. Biroq bu loyihalarning barchasi yil oxirigacha boshlanishiga ishonchim komil emas. Ammo imkoniyatlar bor", deb aytgan Chakrabarti.

Mutaxassis pullar sarmoya qilinadigan asosiy yo‘nalishlar orasida energetika va energiya samaradorlik, agrobiznes va bank-moliya sektorini aytib o‘tdi. 

Chakrabartining aytishicha, YeTTB o‘tgan yil Ukrainaga 0,5 mlrd yevro, 2014-2015 yillarda esa 2,2 mlrd yevro ajratgan.

Top